Qirg‘iziston va Tojikiston ekstremizm va terrorizmga qarshi qonunlarini Rossiyadan ko‘chirganmi?

Qirg‘iziston va Tojikiston ekstremizm va terrorizmga qarshi qonunlarini Rossiyadan ko‘chirganmi?

Amerikalik tadqiqotchi Edvard Lemon tvitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida o‘zining tadqiqotlari natijasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Qirg‘iziston va Tojikiston ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga doir qonunlarining asosiy qismini Rossiya qonunchiligidan ko‘chirgan. Bu haqda zarnews.uz yozmoqda.

Uning yozishicha, Qirg‘iziston o‘zining ekstremizm va terrorizmga qarshi qonunlarining 79 foizini, Tojikiston esa 56 foizini Rossiya qonunlaridan o‘zlashtirgan. Uning xulosasiga ko‘ra, Qozog‘istonning ekstremizm va terrorizmga qarshi qonunlarida 4 foiz, O‘zbekiston qonunlarida 5 foiz Rossiya ekstremizm va terrorizmga qarshi qonunlariga aynan o‘xshash jihatlar bor. Ammo, bu tasodif bo‘lishi ham mumkin.

U, bu o‘xshashlikni topish uchun maxsus dasturdan foydalanganini ma’lum qilgan.

Uning yozishicha, u o‘z tadqiqotlarini Qirg‘iziston va Qozog‘istonning 2005 yilda, Tojikistonning 2003 yilda, O‘zbekistonning esa 2018 yilda qabul qilingan qonunlaridan foydalanib o‘tkazgan.

Ma’lumot o‘rnida: Doktor Edvard Lemon Daniel Morgan Oliy xavfsizlik maktabi xodimi, shuningdek, Vudro Vilson nomidagi ilmiy markazning stipendianti hisoblanadi. 2016 yilda Ekseter universitetida Xalqaro munosabatlar yo‘nalishida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan.

Lemon o‘z tadqiqotlarida, asosan, Yevrosiyo mamlakatlaridagi ektremizm, terrorizm, migrasiya, diniy qarashlar kabi yo‘nalishlarni o‘rganadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!