“Qirg‘iziston go‘zali”dan hojilar uchun liboslar to‘plami (foto)

“Qirg‘iziston go‘zali”dan  hojilar uchun liboslar to‘plami (foto)

Bishkekda Saudiya Arabistoniga haj ziyorati uchun yo‘l oladigan hojilar uchun libosni Qirg‘iziston go‘zali Aykol Alikjanova tikadi. Sobiq model bir yil avval ro‘molga kirgan va muslimalarga xos bo‘lgan liboslar to‘plamini taqdim qilgan edi, deya xabar beradi muslimaat.uz .
Keng bichim, ko‘zga tashlanmaydigan ranglar uning liboslari mamlakatning ko‘pchilik aholisi tomonidan iliq kutib olindi. Biroq Aykol haj ziyorati liboslari uchun eng yaxshi dizayn tanlovida qo‘lga kiritgan g‘alabasini o‘zining eng yuksak yutug‘i deb hisoblaydi.
Tanlovda 13 ta nomzod ishtirok etdi. Asosiy e’tibor kiyimning qulayligi, rangi va dizayniga qaratildi. Hakamlar Aykol tanlagan oq matolarni havo o‘tkazadigan va gipoallergen deya baholashdi. Saudiya Arabistonida avgustda bo‘ladigan haj mavsumida havo harorati 40 darajaga yetadi.
Hamma bir xil libosda bo‘lsa, bir-birini topish osonroq bo‘ladi. Shuningdek, oq liboslarga qarash yoqimli , deydi Qirg‘iziston musulmonlar diniy idorasi Haj va umra bo‘limi xodimi Abdulaziz Chinibekov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!