Qirg‘iziston BAA usuli bo‘yicha islohotlar o‘tkazadi

Qirg‘iziston BAA usuli bo‘yicha islohotlar o‘tkazadi

Bosh vazir Oqilbek Japarov va BAA Raqobatbardoshlik va tajriba almashish bo‘yicha vazir o‘rinbosari Abdulla Nosir Luta «Hukumat tezlatgichlari» dasturini ishga tushirdi.

100 kun ichida uchta yo‘nalish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi:

1️⃣Bolalarga erta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdagi to‘siqlarni kamaytirish va bolalarni qamrab olishni ko‘paytirish
2️⃣Elektromobillar uchun elektr stansiyalarini o‘rnatish uchun ruxsatnomalar olishni soddalashtirish
3️⃣Ko‘rikdan o‘tkazish, takroriy ekspertiza o‘tkazish, nogironlik faktini aniqlash tartibini soddalashtirish

«Hukumat tezlatgichlari» - bu BAA hukumati tomonidan ishlab chiqilgan maxsus islohot mexanizmi. Unga ko‘ra, davlat idoralari muammolarni 100 kun ichida hal qilishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!