Qimordagi qarzi sabab qo‘shnisini o‘ldirib, hojatxona yaqiniga ko‘mib qo‘ygan yigit 14,5 yilga qamaldi

Qimordagi qarzi sabab qo‘shnisini o‘ldirib, hojatxona yaqiniga ko‘mib qo‘ygan yigit 14,5 yilga qamaldi

Andijon viloyati Izboskan tumanida qimor o‘yini sababli qo‘shnisini o‘ldirib, uyiga ko‘mib qo‘ygan 27 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «O‘zbekiston» telekanalining «Bir jinoyat izidan» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yil 26 dekabr kuni Izboskan tumani IIBga 22 dekabr kuni taxminan soat 19:00 larda tumanning «Beshmirza» mahallasida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan M.E. uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagani haqida ariza kelib tushgan.

Olib borilgan surishtiruvlarda u o‘sha kuni uyi yonidagi do‘kondan chiqib, qo‘shnisi, uzoq qarindoshi 1994 yilda tug‘ilgan A.K.ning uyiga borgani aniqlangan.

Surishtiruv harakatlari davomida ular uzoq vaqt davomida qimor o‘ynab kelgani ma’lum bo‘lgan. M.E. qimorda A.K.ga pul yutqazib qo‘yib, uni to‘liq qaytarmagani sabab ikki o‘rtada janjallar bo‘lib turgan. 22 dekabr kuni tashqarida janjallashgan yigitlar A.K.ning uyiga kirgan. Shunda A.K. qo‘shnisining boshiga tosh bilan bir necha marta urgan, yelkasiga bir necha marta pichoq tiqib olib, uni qasddan o‘ldirgan. Marhumning jasadini esa hojatxona yaqinidagi chuqurga tashlab, ko‘mib qo‘ygan.

Marhumning onasi o‘g‘li qo‘shni yigitdan 100 dollar qarzi bo‘lganini bildirgan bo‘lsa, qotil sudda marhum undan 13 million so‘m qarzi bo‘lganini aytgan. Qotil oradan 35 kundan keyin aybiga iqror bo‘lib, IIO xodimlariga ko‘mgan joyini ko‘rsatgan.

Sud hukmiga ko‘ra, qotil qo‘shni 14,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!