Qaysi transport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi

Qaysi transport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi

Quyidagi transport vositalari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi:

? yopiq joylarda va qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan umumiy yo‘llarda foydalanishga mo‘ljallanmagan texnologik transport vositalari (traktor, traktor tirkamalari, qurilish-yo‘l va meliorativ texnikasi, o‘ziyurar va qishloq xo‘jaligi mashinalari);

? faqat konlarda, shaxta va karyerlarda qo‘llaniladigan maxsus transport vositalari;

? tramvay va trolleybuslar;

? Mudofaa Ichki ishlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasiga tegishli bo‘lgan harbiy transport vositalari.

Ushbu transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish belgilangan tartibda tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!