Qashqadaryodagi ko‘zbo‘yamachilik: firibgarlarga aldanib qolmang!

Qashqadaryodagi ko‘zbo‘yamachilik: firibgarlarga aldanib qolmang!

Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi organlari tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash borasida bir qator amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Muborak tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar T.Tursunov va R.Ergashevlar Byuroning tuman bo‘limiga murojaat qilib, ichimlik suvining qarzdorligini bartaraf etganliklarini, bu haqida to‘lov kvitansiyasi bo‘lsa-da, bazada aks etmayotganligini va shu sababli Byuroning tuman bo‘limi davlat inspektorlari ulardan qarzdorlikni bartaraf etishni talab qilishayotganligini bildirishadi.

Murojaat yuzasidan o‘rganish o‘tkazilib, aniqlanishicha tuman Suvoqova filiali nazoratchisi vazifasida ishlagan R.Q. Muborak tumanida yashovchi fuqaro T.Tursunovdan ichimlik suvi uchun 400.000 so‘m naqd pulni qabul qilib olib, ushbu naqd pulni qabul qilganligi haqida filial muxri bilan tasdiqlangan raqamsiz naqd pulni qabul qilish xazina chiptasini to‘ldirib bergan.

Shuningdek, fuqaro R.Ergashevga tegishli bo‘lgan xonadonning ichimlik suvidan bo‘lgan 516.000 so‘mlik qarzdorligi uchun naqd pullarni qabul qilib olib, filial muxri bilan tasdiqlangan raqamsiz naqd pulni qabul qilish xazina chiptasini to‘ldirib berib, 2017 yil davomida va 2018 yil 15 mart kuniga qadar hammasi bo‘lib 22 nafar fuqarolardan ichimlik suvi qarzdorligi uchun qabul qilib olingan 6.268.913 so‘mlik miqdordagi pul mablag‘ini filial xazinasiga kirim qilmasdan va bank muassasasiga topshirmasdan o‘zining extiyojlari uchun ishlatib yuborib, ularning qarzdorliklari to‘lanmagan bo‘lsa-da, rasmiy hujjat hisoblangan qarzdorligi yo‘qligi haqida soxta ma’lumotnomalar rasmiylashtirib, soxta yozuvlar kiritib, soxtaligini bila turib, imzo qo‘yib tasdiqlab, fuqarolarga taqdim qilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman Suvoqova filiali sobiq nazoratchisi R.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi b bandi hamda
228-moddasi 2-qismi a bandi bilan jinoyat ishi
qo‘zg‘atilib, ish haqining 15 foizini davlat daromadiga ushlab qolish yo‘li bilan bilan ikki yil uch oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Bundan tashqari yana bir sobiq nazoratchi Z.Q. ham xuddi shunday noqonuniy ishga qo‘l urganligi aniqlandi. Unga nisbatan ish haqining 10 foizini davlat daromadiga ushlab qolish yo‘li bilan bilan ikki yil uch oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Hurmatli fuqarolar! Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrdagi Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rmatish sohasida to‘lov intizomini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida gi Farmoniga asosan suv uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini ta’minlash Majburiy ijro byurosiga yuklatilgan. Firibgarlarga aldanib qolmang.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!