Qashqadaryoda maktab direktoriga hukm o‘qildi. U 5 yilga "kesildi"

Qashqadaryoda maktab direktoriga hukm o‘qildi. U 5 yilga "kesildi"

DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Kitob tumani bo‘limi xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbir davomida tumandagi 2-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori M.X ning o‘z xizmat xonasida fuqaro U.B.dan sport murabbiyi lavozimiga ishga kiritib qo‘yish uchun 1 million 500 ming so‘m miqdordagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Yaqinda Jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tumani sudida G‘.Ostonov raisligi ostida ushbu holatga oid sud ishi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, sudlanuvchi M.X O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan hamda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!