Qashqadaryoda haydovchi 2 nafar qizni urib, hodisa joyidan qochib ketdi

Qashqadaryoda haydovchi 2 nafar qizni urib, hodisa joyidan qochib ketdi

19 mart kuni soat 15:20 larda, Qarshi shahrida Samsung savdo markazi ro‘parasida, «Cobalt» haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan D.B. va M.B.larni urib yuboradi.

U birinchi tibbiy yordam ko‘rsatmasdan hodisa joyidan qochib ketgan. Piyodalar B.D. va M.B.lar yengil tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.

Qarshi shahar IIO FMB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib haydovchi aniqlangan. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar to‘planib Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudiga yuborilgan.

Sud tomonidan haydovchi SH.N. ga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!