Qanday holatlarda infeksiyani qayta yuqtirganlik haqida taxmin qilish mumkin?

Qanday holatlarda infeksiyani qayta yuqtirganlik haqida taxmin qilish mumkin?

Sevara Ubaydullayeva, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi:

- Sizda koronavirusning belgilari (haroratning oshishi, holsizlik, yo‘tal va h.k.) faol kuzatilgan holda shifokorga murojaat qilganingizda;

🔸Koronavirusga chalingan inson bilan muloqotga kirishganingizda;

🔸Barcha analizlar qayta yuqtirishni tasdiqlaganda, ya’ni PZR testda antigenlar normadan yuqori bo‘lsa, bu titr infeksiyaning qayta yuqqanligi va faol fazada ekanini bildiradi.

Bu holda qayta yuqish holati qayd etiladi va statistikaga kiritiladi. Unutmaslik kerakki, bu yangi virus hamda organizmning unga birlamchi va ikkilamchi munosabati butun dunyoda hali to‘liq o‘rganilmagan. Shunday ekan, aholidan turli asossiz ma’lumotlarga ishonmaslikni va axborotni filtrlashni so‘raymiz.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!