Pyotr Poroshenkoga yana tuxum otishdi

Pyotr Poroshenkoga yana tuxum otishdi

Davlat tergovlar byurosi binosidan chiqayotgan vaqtda Pyotr Poroshenkoga noma’lum shaxslar tuxum otishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, tuxumlar jurnalistlar va Poroshenko tarafdorlar va polisiyachilarga tegdi.

Poroshenko “Pryamoy” telekanali sotilishida soliqlardan qochish holati bo‘yicha yuritilayotgan jinoiy ishi yuzasidan so‘roqqa kelgandi. So‘roq sal kam 3 soat davom etdi. Bundan keyin sobiq prezident jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

Advokat Igor Golovanning so‘zlariga ko‘ra, Poroshenkoga “Kuznisa na Ribalskom” zavodini sotilishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ish yuzasidan qo‘shimcha dalillarni berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!