Rossiya Federasiya kengashi Irina Podnosovani Oliy sud raisi lavozimiga tasdiqladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Qaror palataning yalpi majlisida bir ovozdan qabul qilingan: 167 nafar senatorning bari Podnosova nomzodini yoqlagan.
Irina Podnosova nomzodi konstitusiya va Rossiya Oliy sudi raisi lavozimiga sudyalar maqomi to‘g‘risidagi qonunda belgilangan talablarga javob beradi, — deyiladi xabarda.
Podnosova Rossiyaning zamonaviy tarixida tayinlangan Oliy sudning ikkinchi raisi bo‘ldi. Ilgari bu lavozimni 1991 yildan beri Vyacheslav Lebedev egallagan. U 2024 yilning 23 fevralida vafot etgan. Ledebevning o‘limidan so‘ng, Pyotr Serkov uning vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.
“Advokaskaya gazeta” yozganiday, Podnosova bu lavozimga juda tez tayinlangan, jumladan, butun jarayon bor-yo‘g‘i bir hafta davom etgan, bu esa sud tizimiga xos emas.
“Kommersant” o‘z navbatida, Podnosova ilgari arbitraj tizimiga hech qanday aloqasi bo‘lmaganiga qaramay, sud tizimidagi nufuzli shaxs sanalishini yozgan.
Sababi uning ortida kim turgani hammaga ma’lum, — deydi anonim manba.
Irina Podnosova 1953 yilda Pskovda tug‘ilgan, 1975 yilda Leningrad davlat universitetining huquq fakultetini tamomlagan. Bu vaqtda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Leningrad davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.
Podnosova kasbiy faoliyatini Leningrad viloyati ijroiya qo‘mitasida advokat sifatida boshlagan, keyinroq Saratov viloyatiga ko‘chib o‘tgan va u yerda ham advokat bo‘lib ishlagan. 1990 yilda Leningrad viloyatiga qaytib kelgan, 13 yildan keyin Luga shahar sudi raisi lavozimini egallagan.
2013 yilda Leningrad viloyat sudi raisining o‘rinbosari bo‘lib, 2017 yilda esa uni boshqargan. 2018 yilda Podnosova Umumiy yurisdiksiyaning ikkinchi apellyasiya sudi raisi etib tayinlangan. Ikki yil o‘tgach, u rais o‘rinbosari — Oliy sudda iqtisodiy nizolar bo‘yicha sud hay’ati raisi bo‘lgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.
АҚШ президенти Дональд Трамп Россия президенти Владимир Путин билан телефон суҳбатида Украинада ўт очишни тўхтатиш масаласини муҳокама қилганини билдирди.
Responsible Statecraft маълумотига кўра, Эрондаги операция АҚШга жиддий зарар етказган ва мамлакатнинг катта миқёсли можарога тайёр эмаслигини кўрсатган.
Мазкур ҳолат шу куннинг ўзида туман ИИБ томонидан тегишли тартибда қайд этилган. Фуқаро Г.Х. нинг олган тан жароҳати оғирлик даражасини аниқлаш учун суд-тиббий экспертизаси тайинланди
Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.
2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.
Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.