Putinning inaugurasiya sanasi belgilandi

Putinning inaugurasiya sanasi belgilandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning inaugurasiyasi 7 may kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Federasiya Kengashining Konstitusiyaviy qonunchilik qo‘mitasi rahbari Andrey Klishas qo‘mita yig‘ilishida ma’lum qildi.

TASS xabariga ko‘ra, marosim oldidan, 6 may kuni senatorlar COVID-19 uchun PZR testidan o‘tadilar.

Bu Putinning prezident sifatidagi beshinchi inaugurasiyasi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida bo‘lib o‘tgan saylovda Vladimir Putinni saylovchilarning 87,28 foizi qo‘llab-quvvatlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!