Putin Xitoyga koronavirusni yengishda yordam bermoqchi

Putin Xitoyga koronavirusni yengishda yordam bermoqchi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin XXR raisi Si Szinpinga Xitoyda avj olgan koronavirus munosabati bilan hamdardlik izhor qilingan telegrammani yo‘lladi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot-xizmati.

Rossiya prezidenti telegrammada bemorlarga tezroq sog‘ayishlarini tilagan. Rahbariyat sayi-harakatlari o‘laroq epidemiya tarqalishi to‘xtatiladi, deya ishonch bildirgan Putin.

"Rossiya prezidenti do‘st xitoy xalqiga barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi va Rossiyaning kompetent idoralari ushbu umumiy xavfni tezroq yengish maqsadida xitoyning tegishli tuzilmalari bilan eng yaqin hamkorlikka shayligini ma’lum qildi", - deyiladi xabarda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!