Putin harbiylarga gadjetlardan foydalanish hamda jurnalistlar bilan muloqot qilishni ta’qiqladi

Putin harbiylarga gadjetlardan foydalanish hamda jurnalistlar bilan muloqot qilishni ta’qiqladi

Prezident Vladimir Putin harbiy xizmatchilarning smartfonlardan foydalanishi hamda OAV vakillari bilan aloqa qilishini ta’qiqlovchi qonunni imzoladi. Ushbu cheklov harbiy xizmatga chaqirilgan rossiyaliklar uchun ham amal qiladi. Davlat rahbari tomonidan imzolangan ushbu hujjat rasmiy internet portalida e’lon qilindi.

Fuqarolarning ko‘rsatilgan guruhlari endi boshqa harbiy xizmatchilar va fuqarolar, harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolar, harbiy xizmatdan chetlatilganlar, ularning oila a’zolari yoki ota onalari haqida ma’lumotlarni ommalashtira olishmaydi.

Qonunning alohida bandida harbiylarning audioyozuvlar, fotosuratlar, video va geotuzilma haqidagi ma’lumotlarni saqlash va internet orqali tarqatish mumkin bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar va gadjetlardan foydalanishlari ta’qiqlandi. Shu sabab ular tugmachali telefonlardan foydalanishlari mumkin.

Ushbu cheklov jurnalistlar bilan muloqot qilish hamda ma’lumotlarni jo‘natish vakolatiga kiruvchi xodimlar uchun amal qilmaydi.

Qonun loyihasi Davlat Dumasiga 19 fevral kuni kiritilgan edi. Ayrim davlatlar, terroristik va ekstremistik tashkilotlarning maxsus xizmatlari Rossiya armiyasiga alohida qiziqish bildirayotgani sabab ushbu cheklovlarning zarurligi aytilmoqda.

21 fevral kuni Rossiyaning qimmat telefonlar ishlab chiqaruvchi Caviar kompaniyasi tugmachali, kameralardan xoli bo‘lgan va 199 ming rubl qiymatida baholangan telefonlarni ishlab chiqarishni boshlagani haqida ma’lum qilgan edi. Kompaniya xabarida mazkur qurilmalar harbiy xizmatchilar uchun mo‘ljallangani aytilgan.

lenta.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!