Putin choy ichgan bokal Xitoyda "xit" bo‘ldi

Putin choy ichgan bokal Xitoyda "xit" bo‘ldi

Xitoyning Taobao onlayn-platformasida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning termokrujkasiga o‘xshagan oq termos talab eng katta bo‘lgan tovarga aylandi.

Putin bu termokrujkadan Osakada o‘tkazilgan G20 mamlakatlari yetakchilari uchun tashkillashtirilgan kechki nonushtada choy ichgan edi.

Global Times xabariga ko‘ra, onlayn-magazinlar hozirdanoq Rossiya oltin gerbi tushirilgan oq termokrujkaga oldindan buyurtmalarni qabul qila boshlaganlar. Internet-platformalarining yana bir vakili yuzdan ortiq buyurtma tushganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday xarid "har qanday do‘st uchun idel sovg‘a"ga aylanadi.

​Putin krujkasining ayni nusxasi sotuvga chiqish arafasida. U ikki haftadan so‘ng yetkazib beriladi", - deyiladi gazetadagi reklama xabarlarida.

Yaponiyada G20 davlatlari rahbarlari uchun tashkillashtirilgan kechki ovqatga Rossiya yetakchisi o‘z termosi bilan kelgan edi. Davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov termos Rossiya yetakchisi muntazam ichadigan choyga to‘ldirilgan, deya izoh bergan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!