Putin AQShda qonuniylashtirilgan korrupsiya mavjudligini qayd etdi

Putin  AQShda qonuniylashtirilgan korrupsiya mavjudligini qayd etdi

“AQShda qonuniylashtirilgan korrupsiya tizimi mavjud va u amaliy faoliyat yuritmoqda”, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin energetika haftaligi forumida.
Putinning fikriga ko‘ra, AQShda qonuniy qilib qo‘yilgan lobbizm hech bir jihati bilan korrupsiyadan farq qilmaydi.

“AQShdagi qonuniy lobbizm nima degani? Bu qonuniylashtirilgan korrupsiya degani”, dedi Vladimir Putin.

Rossiya rahbari AQShda bu xususda gapirmaslik ma’qul ko‘rilishini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, lobbizmga, odatda, xususiy shaxs yoki nodavdat tashkilot vakilining ma’lum maqsadni amalga oshirish uchun hukumat yoki mahalliy hukumatga ta’sir o‘tkazishi, deb ta’rif beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!