Pulsiz qolishdan qo‘rqqan erkak rafiqasini ilonga chaqtirib o‘ldirdi

Pulsiz qolishdan qo‘rqqan erkak rafiqasini ilonga chaqtirib o‘ldirdi

Hindistonning Kerala shtatida istiqomat qiluvchi erkak rafiqasini ilon yordamida o‘ldirdi. Bu haqda India Today xabar qildi.

27 yoshli Suraj ismli erkak ikki marta rafiqasining joniga qasd qilishga urindi.

Birinchi marta 2 mart kuni u yotoqxonasiga zaharli ilonni qo‘yib yuborgandi. Ilon chaqishi oqibatida ayol salkam ikki oy shifoxonada davolandi. Keyinchalik shifoxonadan chiqqan ayol ota-onasining uyiga olib kelindi.

7 may kuni Suraj uning xonasida qolib, uxlab yotgan xotinining oldiga kobrani qo‘yib yubordi. Bu safar ayol omon qolmadi. Ko‘p o‘tmay, erkak o‘z xotinining mulkiga egalik qilishga harakat qiladi va marhumaning ota-onasi bu tergov uchun sabab deb hisobladilar.

Fojia oldidan Suraj zaharli ilonlar egalariga qo‘ng‘iroq qilgani, shuningdek, internet orqali ilonlarning xatti-harakatini o‘rganib chiqqani ma’lum bo‘ldi.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, Suraj ajrashgan taqdirda mulksiz qolishdan qo‘rqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!