"Pullarni ko‘paytirish" haqidagi ushalmas orzu

"Pullarni ko‘paytirish" haqidagi ushalmas orzu

Toshkent shahrida yashovchi 52 yoshli (ayol) YU.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 23 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahriida yashovchi (ayol) YU.Z. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, YU.Z., jabrlanuvchi YU.A. bilan telegram messenjeridagi kanali orqali tanishib,unga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 23 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan YU.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!