Psixotrop dori vositasi 2004 yil bolaga “qimmat”ga tushdi

Psixotrop dori vositasi 2004 yil bolaga “qimmat”ga tushdi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat hududida psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash doirasida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir chog‘ida Samarqand shahrida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro R.YU. mahalliy fuqaroga 432 dona “Reduksin” psixotrop dori vositasini 1 million 757 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan R.YU.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!