Prokuratura Chilonzorda daraxtlarga zarar yetkazilganligi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi

Prokuratura Chilonzorda daraxtlarga zarar yetkazilganligi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi

Mutaxassislar tomonidan Chilonzor shoh ko‘chasidagi qurilish hududida mavjud bo‘lgan 108 ta daraxtlar ahvoli o‘rganildi.

O‘rganishda 7 dona "Eman" daraxtining tomir qismi ochilishi oqibatida shikast yetkazilgani hamda daraxtlar xavf ostida qolgani aniqlandi.

Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, ushbu holatda zudlik bilan choralar ko‘rilmagan taqdirda shikast yetkazilgan daraxtlar qurishi oqibatida tabiat va atrof muhitga 348,9 mln. so‘m zarar yetkazilishiga olib kelishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!