Prezidentning xotini bilan tushgan surati ukrainaliklarni g‘azablantirdi (FOTO)

Prezidentning xotini bilan tushgan surati ukrainaliklarni g‘azablantirdi (FOTO)

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 21 may kuni nishonlanadigan kashtado‘zlik kuniga bag‘ishlangan fotosuratni joylashtirdi. Rasmda Zelenskiy va uning rafiqasi Yelena an’anaviy tikilgan ko‘ylaklarda tasvirlangan. Bu haqda Rambler xabar bermoqda. 

"Moskovskiy Komsomoles"ning yozishicha, prezident va birinchi xonim dizaynerlar tomonidan tikilgan ko‘ylaklarni tanladilar, ularning har biri kamida 300 dollar turadi. Bu esa ukrainaliklarni g‘azablantirdi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda ukrainaliklarning non sotib olish uchun puli yo‘qligini, ammo prezident "keraksiz bayram"ni nishonlayotganini aytib tanqid qilishgan

Manbaga ko‘ra, oldinroq Zelenskiy oilasi dunyo rahbarlariga, shu jumladan AQSh prezidenti Donald Tramp, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkelga kashtalar yuborgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!