Prezident xalq qabulxonasi: besh yilda qancha murojaat hal etildi?

A A A
Prezident xalq qabulxonasi: besh yilda qancha murojaat hal etildi?

Bugun plastik kartadagi mablag‘ni barchamiz hech bir muammosiz naqd qilib olamiz. Bunga ko‘nikib ham ulgurdik. Vaholanki, besh yil avval oylik, nafaqa, pensiya yoki stipendiya hisobiga kun ko‘radigan insonlarning qo‘li deyarli pul ko‘rmasdi. Ishlaydigan bankomatning o‘zi yo‘q edi. Eng yomoni, bozor yo do‘konda plastik karta orqali mahsulot sotib olmoqchi bo‘lgan odam 15-20 foiz qimmat to‘lashiga to‘g‘ri kelardi.

Davlatimiz rahbari xalq bilan muloqot tizimiga asos solgach, dastlabki besh oyning o‘zida Prezident virtual qabulxonasiga bu masalada kelib tushgan 7 mingdan shikoyatlar ham tahlil qilindi, o‘rganildi va albatta mazkur soha isloh etildi. Natijada mamlakatimizda narx-navoning naqd pul va naqd pulsiz shakli o‘rtasida farq qolmadi. Shu bois ham 2018-2021 yillarda Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga pensiya va boshqa ijtimoiy nafaqalar odamlar roziligisiz plastik kartochkaga to‘liq o‘tkazib yuborilayotgani haqida deyarli murojaat kelib tushmadi.

Albatta, bu – Xalq qabulxonalari instituti amalda berayotgan natijalarga birgina misol, xolos. Xalq bilan muloqotning bu noyob tizimi tufayli murojaatlar bilan ishlash masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Har bir yurtdoshimiz va xorijlik fuqarolar uchun bevosita davlat rahbariga murojaat etish imkoniyati paydo bo‘ldi.

2017-2021 yillarda Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan 5 million 780 mingdan ziyod murojaatlar ko‘rib chiqildi, shundan 3 million 288 mingdan ortig‘i qanoatlantirildi. Murojaatlarning to‘liq, o‘z vaqtida va qonuniy o‘rganib chiqilishi natijasida ularni qanoatlantirish darajasi ham yil sayin oshib bormoqda. Xususan, bu ko‘rsatkich 2017 yilda 47,5 foiz, 2018 yilda – 53,9, 2019 yilda – 60,9, 2020 yilda 60,4 foiz bo‘lsa, 2021 yili 86,7 foizni tashkil etdi. Hal bo‘lgan har bir murojaat ortida esa nainki bir kishi, balki bir qancha oilalar taqdiridagi o‘zgarishlar mujassam.

Murojaatlar tahlili dasturlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini shakllantirishga asos bo‘la boshladi. Murojaatlar tahlili asosida so‘nggi besh yilda chegaralar ochilishi, yaqin qo‘shnichilik aloqalari tiklanishi, fuqarolik, propiska tizimlari, afv etish, pensiya, valyuta siyosatini isloh qilish, buziladigan ko‘chmas mulk ob’ektlari mulkdorlariga kompensasiya berish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish va boshqa masalalar bo‘yicha qabul qilingan muhim hujjatlar xalqning davlatdan rozi bo‘lishiga, tizimli muammolar hal qilinishiga xizmat qildi. Qator masalalar bo‘yicha murojaatlar deyarli barham topgan bo‘lsa, o‘nlab sohalar bo‘yicha murojaatlar keskin kamaydi.

Yana bir masala – fuqarolik olish masalasida ham ko‘plab arizalar kelib tushardi. Prezidentimiz tashabbusi bilan O‘zbekiston fuqaroligini olish tartiblari yengillashtirilgani esa shu masalada murojaat qilgan 100 mingdan ziyod oilalarni rozi qilish imkonini berdi.

Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari ish boshlaganda, valyuta konvertasiyasi bo‘yicha juda ko‘plab shikoyatlar kelib tushardi. Chunki uzoq vaqt O‘zbekistonda valyutaning erkin konvertasiyasi bo‘lmagani aholiga, ayniqsa, tadbirkorlarga katta qiyinchilik tug‘dirgan. Bu boradagi murojaatlar tahlilidan so‘ng davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan har qancha og‘ir-murakkab bo‘lmasin, valyuta bozori liberallashtirildi. Konvertasiyaning yo‘qligiga bog‘langan iqtisodiyotning eski modelidan butunlay voz kechildi. Natijada, valyuta konvertasiyasi bo‘yicha 2017 yilda 22 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2018 yilda 124 tani, 2019 yili 156 tani, 2020 yilda 101 tani, 2021 yilda esa 33 tani tashkil qildi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida “propiska” tizimi tubdan isloh qilinishini ko‘plab yurtdoshlarimiz ko‘p yillar nihoyatda intiqlik va orziqish bilan kutgani rost. Birgina shu tizimdagi islohotlar o‘z davlatimizda emin-erkin harakatlanishimiz, yashash va ishlash joyimizni ixtiyoriy tanlashimiz mumkinligi barobarida, konstitusiyaviy huquqlarimiz og‘ishmay ta’minlanishini ham kafolatlab berdi.

Aholi murojaatlari asosida yo‘lga qo‘yilgan yana bir mexanizm tufayli so‘nggi besh yilda 11 ming 70 nafardan ziyod uy-joysiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, nogironligi bor shaxslar, Mehribonlik uylari bitiruvchilari, og‘ir ahvoldagi xotin-qizlar imtiyozli kredit yoki doimiy foydalanish huquqi asosida uy-joy hamda doimiy ish bilan ta’minlangani inson qadrini yuksaltirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor, aholining ehtiyojmand qatlami vakillariga ko‘rsatilayotgan cheksiz mehr-g‘amxo‘rlikning oliy namunasidir.

Prezident virtual qabulxonasida har kuni har bir masala shu murojaat egasining rozilik-minnatdorlik xati asosida nazoratdan yechiladi. Shu ma’noda bugunga qadar qanoatlantirilgan 3 million 288 mingdan ortiq murojaat zamirida muammosi hal bo‘lgan shuncha odamning hayotdan, davlatdan roziligi mujassamdir.

Albatta, hayot shiddati, o‘zgarayotgan davr talabi, davlatimiz rahbari belgilab bergan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi xalq bilan muloqotning yangi-yangi ufqlarini belgilamoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davri asosini tashkil qilayotgan “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili bugun Prezident Xalq qabulxonalari faoliyati uchun ham dasturilamalga aylangani har bir mahallaga, har bir xonadonga, har bir oilaga kirib borish, har bir inson qalbiga yo‘l topishga xizmat qilmoqda. Xalq qabulxonalari xalq ovozini ifoda etadigan jamoatchilik nazoratinining o‘zagiga, xalq nazorati mexanizmiga aylanmoqda. Odamlar roziligini esa faqat va faqat amaliy ishlar bilan qozonish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.