Prezident Ukraina vaksinasini o‘zida sinovdan o‘tkazishga tayyorligini aytdi

Prezident Ukraina vaksinasini o‘zida sinovdan o‘tkazishga tayyorligini aytdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy  koronavirusga qarshi  Ukraina vaksinasini o‘zida sinovdan o‘tkazishga tayyorligini aytgan.

Avvalroq Ukraina prezidenti devoni matbuot xizmati Ukrainada koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqarishni o‘rganishgacha bo‘lgan bosqichi natijalarini Zelenskiyga taqdim etilgani haqida xabar bergan edi. Vaksina ishlab chiqarishga da’vogar kompaniyalardan biri DiaPrep System Inc prezidenti Mixail Favorov  Ukraina 9-12 oy ichida koronavirusga qarshi o‘z vaksinasiga ega bo‘lishiga umid bildirgan.

«Bu vaksina noyobdir, chunki u boshqalarnikiga o‘xshamaydi. Men Vaksina ko‘rsatgan natijalardan mamnunman va uni o‘zimda sinab ko‘rishga tayyorman», – degan Zelenskiy Ukrainaning to‘rtta telekanaliga bergan intervyusida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!