Prezident terrorizm bilan kurash bo‘yicha yangi strategiyani tasdiqladi

Prezident terrorizm bilan kurash bo‘yicha yangi strategiyani tasdiqladi

Oq uy matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning terrorizm bilan kurash bo‘yicha yangi strategiyasini tasdiqladi. 

Yangi strategiyaga muvofiq AQSh terrorizm bilan kurashda eng muhim davlat sifatida ko‘rilib, uning NATOdagi hamkorlarining ham bu kurashdagi o‘rni e’tirof etilgan.

Strategiyaning asosiy maqsadi esa terrorchilarni ular joylashgan yergacha ta’qib qilish, ularning moliyaviy manbalarini to‘xtatish, terrorchilik guruhlari faoliyatiga batamom barham berish kabilardir. Strategiya AQShning 2011 yilgi milliy strategiyasi o‘rniga qabul qilinadi. 

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!