Prezident QQS stavkasini kamaytirish bo‘yicha topshiriq berdi

A A A
Prezident QQS stavkasini kamaytirish bo‘yicha topshiriq berdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 sentyabr kuni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda davlat byudjetiga kafolatlangan tushumlarni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, bosh vazir qabulxonalari tashkil etilganidan keyin o‘tgan uch oy mobaynida unga 12 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan, ularning asosiy qismi kredit, yer ajratish va boshqa masalalar bilan bog‘liq. Murojaatlarning aksariyati Toshkent, Qashqadaryo, Andijon, Samarqand viloyatlariga to‘g‘ri kelgan. Ulardan 9 mingtasi yoki 75 foizi joyida, shundan 40 foizi bevosita tuman darajasida hal bo‘lgan. Bu holat ilgari quyi bo‘g‘in rahbarlari tadbirkorlik sohasidagi mavjud muammolar bilan umuman shug‘ullanmaganidan dalolat beradi.

Vazirlar Mahkamasiga Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan birga Bosh vazir qabulxonalariga tadbirkorlik sub’ektlaridan tushayotgan murojaatlarda ko‘tarilayotgan muammolarni imkon qadar joyida hal etilishini doimiy ravishda muhokama qilib borish topshirildi.

Majlisda biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha qonuniy asoslarni takomillashtirish va aniq yo‘naltirilgan amaliy choralar ko‘rishga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Jumladan, biznes yuritish, lisenziya va ruxsatnomalarni olish bo‘yicha kiritilgan yangiliklar amaliyotda hali to‘liq ishga tushib ketmayotgani tanqid qilindi.

Xususan, Davlat xizmatlari yagona reestriga kiritilgan 693 ta xizmat turidan atigi 103 tasi yoki 15 foizi Davlat xizmatlari markazlari orqali va elektron tarzda ko‘rsatilmoqda, xolos. Bu esa tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan shaxslarga qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Shuning uchun, Adliya vazirligiga tadbirkorlarga onlayn tizimda axborot-maslahat xizmatlarini joriy etish, qog‘ozda ko‘rsatilayotgan barcha davlat xizmatlarini elektron ko‘rinishga o‘tkazish bo‘yicha bir oy muddatda tegishli qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, qurilish hujjatlarini kelishishning yagona onlayn tizimini amaliyotda to‘liq ishlatishni ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab berildi.

Ko‘plab chet mamlakatlarda biznes sub’ektlari 3 toifaga (kichik, o‘rta va yirik) bo‘lingan va davlat tomonidan har bir toifaga nisbatan alohida qo‘llab-quvvatlash siyosati olib boriladi. Lekin O‘zbekistonda iqtisodiyot rivojida alohida rol o‘ynaydigan «o‘rta biznes» tushunchasi, afsuski, umuman yo‘q.

Shuni hisobga olib, Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirliklarga o‘rta biznes toifasini joriy etish, kichik, o‘rta, yirik biznes mezonlarini qayta ko‘rib chiqish, ularni alohida mexanizmlar asosida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha uch oy muddatda aniq takliflarni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Yig‘ilish kun tartibidagi ikkinchi masala — davlat byudjetiga tushumlarni ta’minlash holati ko‘rib chiqilar ekan, o‘tgan 8 oyda bu boradagi ko‘rsatkichlar prognozga nisbatan yuqori bo‘lgani alohida qayd etib o‘tildi.

Daromadlarni oshirish bo‘yicha foydalanilmagan zaxiralarni ishga solish, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan qat’iy belgilangan soliq bo‘yicha tushumlarni ta’minlash, yashirin ish o‘rinlarini legalizasiya qilish muhimligi ta’kidlandi.

Toshkent shahri, Surxondaryo va  Namangan viloyatlarida ko‘p milliard so‘mlik soliq qarzdorligi undirilmagani, qator tuman va shaharlar rahbarlari izlanmay, yirik soliq to‘lovchilar hisobiga prognoz ko‘rsatkichlarini bajarishda davom etayotgani tanqid qilindi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki ekspertlari ishtirokida tuzilgan Yirik soliq to‘lovchilar bilan ishlash bo‘yicha inspeksiya soliq rezervlarini o‘rganish va tushumlarni ko‘paytirishda muhim omil bo‘layotgani qayd etildi. Ushbu ishlarning samarasini oshirish uchun yirik soliq to‘lovchilarni elektron hisob fakturalariga o‘tkazish va ularni buxgalteriyani kompyuterda yuritish dasturlariga bog‘lash kerakligi ta’kidlandi.

Moliya vazirligiga qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini kamaytirish bo‘yicha aniq asoslangan taklif kiritish topshirildi.

Byudjet tushumlarining 21 foizini ta’minlaydigan 20 ta shahar va tuman bilan bevosita ishlash uchun ularga mutasaddi rahbarlar biriktirildi.

Davlat byudjetining daromadlar qismini bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan hududiy soliq idoralari rahbarlari ogohlantirildi. Prezident prognozni oldindan to‘lov hisobiga bajarish qat’iyan man etilishini ta’kidladi.

Tadbirkorlar, ekspertlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan muhokamalarda bildirilgan takliflarni inobatga olib, Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasini puxta ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

Videoselektorda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddi rahbarlar va hokimlarning hisobot va takliflari eshitildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

"Manchester Siti"ning O‘zbekistondagi hamkori ma’lum bo‘ldi

Англиянинг "Манчестер Сити" клуби Ўзбекистоннинг "Artel" компанияси билан ҳамкорлик қилади.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.