Prezident qarori: OIVga qarshi kurashga 120 milliard so‘m va 54 million dollar yo‘naltiriladi

Prezident qarori: OIVga qarshi kurashga 120 milliard so‘m va 54 million dollar yo‘naltiriladi

"Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilingani haqida xabar bergandik. Unga ko‘ra:

✍️ Aholi orasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

📋 Ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2030 yilga borib OIV epidemiyasiga barham berish uchun “95-95-95” strategiyasi ilgari surilgan.

📉 Uning doirasida OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarning 95 foizi o‘z maqomini bilishlari, maxsus davolash kurslari bilan qamrab olinishi, 95 foizining qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushishi kerak.

📌 Mazkur strategiyaga muvofiq 2023-2027 yillarda Davlat byudjeti mablag‘lari, OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish bo‘yicha Global ajamg‘arma mablag‘lari, Osiyo taraqqiyot banki hamda Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar bankining qarz mablag‘lari hisobidan:

💊 aholi o‘rtasida OIV infeksiyasini erta aniqlash, tashxislash va davolash sifatini oshirish maqsadida test-tizimlari va retrovirusga qarshi vositalarni xarid qilish;

🔬 OITSga qarshi kurash markazlari va ularning tumanlararo diagnostika laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish;

💵 mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, keng targ‘ibot ishlarini o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkiliy tadbirlar uchun 120 milliard so‘m va 54 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!