Prezident mamlakatimizning ziyorat turizmi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarurligini ta’kidladi

Prezident mamlakatimizning ziyorat turizmi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarurligini ta’kidladi

Moliya vazirligiga Buxoroda ziyorat turizmi ob’ektlari infratuzilmasini yaxshilash uchun mahalliy byudjetga 40 milliard so‘m ajratish topshirildi.

Turizm vazirligi oldiga ziyorat turizmi salohiyati yuqori Indoneziya, Malayziya, Hindiston, Pokiston, Bangladesh va arab davlatlaridan Samarqand, Buxoro va Toshkentga aviareyslarni ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi.

Mutasaddilarga mamlakatimizdagi 1 ming 200 dan ziyod ziyoratgohlar imkoniyatlarini to‘liq ishga solib, yiliga kamida 1 million sayyoh jalb qilish dasturini tasdiqlashga ko‘rsatma berildi.

Ziyoratga kelayotgan turistlarning mazhabi, tariqati, yondashuvi har xilligini inobatga olib, qaysi din yoki mazhab vakillariga qanday ovqatlar taklif qilishni, mehmonxona va ibodat joylarini qanday jihozlashni ilmiy yondashuvlarsiz qilib bo‘lmasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Muqaddas joylar, avliyo va pirlar haqida ma’lumot bera oladigan mutaxassislar va gidlar ham kamligi aytildi.

Shu munosabat bilan Islom akademiyasi, "Ipak yo‘li" universitetiga muddatda ziyorat turizmi oqimi ko‘p bo‘lgan davlatlar uchun ilmiy asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqish topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!