Polsha Yaqin Sharqdagi keskinlashuv tufayli muhojirlar to‘lqinidan xavotirda
Polsha rasmiylari Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sababli Belarus bilan chegarada noqonuniy muhojirlar soni ortishi kutilmoqda.
Bu haqda respublika milliy mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish jurnalistlarga ma’lum qilgan.
"Ha, bu chegarada bosim kuchayishiga olib kelishi mumkin, biz bunga tayyormiz", - deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltiradi PAP agentligi.
U jurnalistlardan birining Yaqin Sharqda sodir bo‘layotgan voqealar munosabati bilan Polshaga migrasiya to‘lqini tahdid solmoqdami, degan savoliga shunday javob berdi. Siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, uning bo‘limi vaziyat rivojlanishini diqqat bilan kuzatib boradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)