Pokistonda qiruvchi samolyot halokatga uchradi

Pokistonda qiruvchi samolyot halokatga uchradi

Pokiston harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyoti shimoli-g‘arbiy Xayber -Paxtunxva provinsiyasining Mardan tumanida o‘quv-mashg‘ulotlari parvozi paytida halokatga uchradi. Bu haqda Geo News xabar bermoqda.

Pokiston Harbiy havo kuchlari vakilining aytishicha, uchuvchining taqdiri noma’lum.

Maxsus komissiya halokat sabablarini aniqlash ustida ishlamoqda.

Xuddi shunday baxtsiz hodisa shu yilning avgust oyida sodir bo‘lgan. O‘shanda Pokiston shimolidagi Attok shahrida ikki o‘rinli qiruvchi samolyot halokatga uchragan. Uning ikkita uchuvchisi katapulta qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!