Pokistonda odamlarni tom bosib qoldi, qurbonlar bor

Pokistonda odamlarni tom bosib qoldi, qurbonlar bor

Kamida olti kishi halok bo‘lgan, 18 kishi jarohat olgan. Pokistonda bir necha kundan buyon qattiq jala yog‘moqda. Natijada Panjob viloyatining Saxival shahrida uyning tomi odamlarni bosib qolgan, deb xabar bermoqda ARY News telekanali.

Qurbonlar orasida besh nafar ayol ham borligi aytilmoqda.

Telekanal bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea joyiga polisiya va qutqaruvchi guruhlar jo‘natilgan, lekin qattiq jala va qorong‘u tun ularning qutqaruv amaliyotini olib borishiga to‘sqinlik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!