Pochta jo‘natmasi orasidan ulkan ilon chiqdi

Pochta jo‘natmasi orasidan ulkan ilon chiqdi

Tailandda pochta yetkazish xizmati xodimlari anime haykalchali jo‘natmani yetkazib berish jarayonida kutilmagan hodisaga duch kelishdi. Oldilarida bitta yo‘l bor – jo‘natmani yerga tashlab qochish edi. Chunki haykal deb olib ketilayotgan jo‘natmaning ichida tirik nimadir qimirlayotgani ma’lum bo‘ldi.

Qutiga jo‘natuvchining ism- sharifi yozilmagan, ammo qimmatbaho yirik hajmli anime haykalchasini bor edi va ustiga “Ehtiyot bo‘ling! U juda qimmat» – deb yozilgan ma’lumot bor edi. Xodimlardan birining aytishicha, haykalcha boshqa jo‘natmalar singari kichkina karton qutiga skotch yordamida mahkam qilib o‘ralgan holda bo‘lgan. Pochta xizmati xodimlari jo‘natmani yetkazib berish uchun saralash paytida ular jo‘natmaning burchagini nimadir tirnayotganiga va o‘sha joy biroz yirtilganiga e’tibor qaratishgan.

Shundan so‘ng pochta xodimlari qutida ular o‘ylagan narsa emasligini tushunib yetishgan. Jo‘natmaning ichidagi narsa nima ekanligiga qiziqib, kichik teshikcha ochishdi va kutilmaganda ichidan uch metrli jonli pitonning boshi paydo bo‘lib, u asta-sekin asirlikdan chiqa boshladi.

Pochta xodimlar paydo bo‘lgan xavfli “mehmon”dan dahshatga tushib, xonani darhol tark etishdi. Pochta aloqasi bo‘limiga darhol qutqaruv guruhi chaqirildi. Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi va “chaqirilmagan mehmon”ni tutib, xavfni bartaraf qildi. Pochtadagi ko‘ngillilardan biri ilondan qo‘rqmasdan boshidan ushlab turgan paytda qutqaruv xodimi jonzotni sumkaga soldi. So‘ng ilon xavfsiz joyga olib ketildi.

Keyinchalik, pochta aloqasi ma’muriyati ilonni tashib o‘tish anime figurasi niqobi ostida qilinganmi yoki shunchaki tasodifan adashish oqibatida ketib qolganmi, aniqlash maqsadida o‘zlarining kichik -tergovlarini o‘tkazganlar. Ehtimol, jo‘natuvchi hech kim qutini tekshirmaydi deb umidda qutiga ilon solgan bo‘lishi mumkin. Ammo, qanday bo‘lmasin, pochta aloqasi rahbariyati ushbu savollarning barchasiga javoblarni oshkor qilmaslikni tayinladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!