Play Market’dagi naq 238 ta ilovada ziyonkor kod topildi!

Play Market’dagi naq 238 ta ilovada ziyonkor kod topildi!

Android tizimi uchun ilovalar va o‘yinlarni odatda Google’ning rasmiy katalogi – Play Market’dan o‘rnatamiz. Ammo hatto u yerdagi dasturlarda ham zararli kodlar mavjudligi aniqlandi.

Xabarlarga ko‘ra, mazkur rasmiy do‘kondagi 238 ta o‘yin va ilovada BeiTaAd nomli reklama tarqatuvchi ziyonkor kod mavjud ekan. Mazkur dasturlar esa butun dunyo bo‘ylab 440 millionga yaqin qurilmaga o‘rnatib olingan. Shu tariqa, BeiTaAd virusi yaratuvchilari reklamalar orqali yuz minglab dollar mablag‘ ishlab olishgan.

Mutaxassislar tekshirib ko‘rishganida, BeiTaAd izlari Xitoyga olib borgan. Tarkibida mazkur kod mavjud bo‘lgan ilovalarning barchasi shu mamlakatdagi CooTek kompaniyasi tomonidan chop etilgan. Ular qanaqadir yo‘l bilan Android’ga o‘rnatilgan Play Protect himoyasini cheklab o‘ta olishgan.

Ayni damda mazkur ziyonkor kodga ega ilova va o‘yinlarning barchasi Play Market’dan o‘chirilgan. Ammo boshqa dasturlarda ham shunga o‘xshash boshqa biror ziyonkor kod mavjud bo‘lishi mumkinligini endi butkul inkor etib bo‘lmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!