Perudagi qadimiy shahar birgina sayyoh uchun maxsus ochildi

Perudagi qadimiy shahar birgina sayyoh uchun maxsus ochildi

Yaponiyalik Jessi Katayama Perudagi Machu-Pikchu qadimiy shahri maxsus ochilgan yagona sayyohga aylandi. Gap shundaki Katayama u yerga tashrif buyurishni uzoq vaqt orzu qilgan.

U mart oyida Peruga kelgan va mamlakatda bir necha kun dam olishni rejalashtirgan, ammo sayyoradagi koronavirus tarqalishi uning rejalarini o‘zgartirdi. Yaponiyalik sayyoh Machu-Pikchu yaqinidagi Aguas Kaliyentes shahrida karantin sababli qolib ketdi.

Madaniyat vaziri Alejandro Neiraning aytishicha, yaponiyalik sayyohga maxsus so‘rov asosida hududga kirish huquqi berilgan.

Shunday qilib Katayamaning orzusi 10 oktyabr kuni amalga oshdi. U vazirlik vakillari bilan birga afsonaviy shahar bo‘ylab sayohat qildi.

Tez orada Peruning asosiy sayyohlik maskani bo‘lgan Machu Pikchu barcha uchun ochilishi kutilmoqda. Biroq, rasmiylar aniq sanani aytishganicha yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!