Pepe rasman futbolchilik faoliyatini yakunladi
Portugaliya milliy jamoasi himoyachisi Pepe futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 41 yoshli himoyachi bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilgan.
Pepening so‘nggi jamoasi "Portu" klubi bo‘lgandi. Himoyachi bu jamoada 2019 yilda qaytgan va yozda amaldagi kelishuvi nihoyasiga yetgandi. Markaziy himoyachi "Maritimu", "Real" va "Beshiktosh" klublari sharafini ham himoya qilgan.
Shuningdek, Pepening hisobida Portugaliya safida o‘tkazilgan 141 o‘yin ham bor. U milliy jamoasi bilan 2016 yilgi Yevropa chempionati g‘olibiga aylangan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)