Pentagon rahbari Janubiy Koreyaga tashrif buyuradi

Pentagon rahbari Janubiy Koreyaga tashrif buyuradi

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Shimoliy Koreyadan kelayotgan yadroviy va raketa tahdidlari va boshqa xavfsizlik masalalarini muhokama qilish uchun Janubiy Koreyaga tashrif buyuradi.

Janubiy Koreyaning Ryonxap agentligi xabariga ko‘ra, Pentagon rahbari 30 yanvar kuni Seulga keladi va u yerda janubiy koreyalik hamkasbi Li Jong Sop va boshqa hukumat vakillari bilan uchrashadi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, vazirlar “AQShning mudofaaviy to‘xtatuvchi qobiliyatini kengaytirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni” ko‘rib chiqadilar.

Kutilishicha, kun tartibidan fevral oyida Vashingtonda AQSh ittifoqchilari ishtirokida “Shimoliy Koreya tomonidan yadro qurolidan foydalanish ssenariylari” bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!