Pentagon Floridada gipertovushli qurollarni sinovdan o‘tkazganini e’lon qildi

Pentagon Floridada gipertovushli qurollarni sinovdan o‘tkazganini e’lon qildi

AQSh armiyasi Florida shtatida gipertovushli qurollarni sinovdan o‘tkazdi.

Bu haqda Pentagon rasmiy vakiliga tayanib, «TASS» xabar bermoqda.

«AQSh armiyasi va dengiz floti yaqinda Florida shtatidagi Kanaveral burnidagi AQSh kosmik kuchlari bazasida an’anaviy gipertovushli tizimni sinovdan o‘tkazishni boshladi», — deyiladi bayonotda.

Agentlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu sinovlar «foydalanishga tayyor gipertovushli texnologiyani rivojlantirishda muhim bosqich» bo‘lgan.

Biroq, ko‘rib chiqilayotgan tizimlar haqida boshqa tafsilotlar berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!