Pensiya miqdorini sms so‘rovnoma orqali bilish imkoniyati paydo bo‘ldi

Pensiya miqdorini sms so‘rovnoma orqali bilish imkoniyati paydo bo‘ldi

Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya va nafaqalarni oluvchi shaxslarga SMS-Pensiya interaktiv xizmati taqdim etildi, deb ma’lum qilmoqda «Xabar» nashri.

Axborotni olish uchun individual ravishda SMS–so‘rovi talab qiladigan SMS-xabarlar quyidagilardan iborat:

1.Pensiya yoki nafaqa miqdorini aniqlash uchun:

  • Joriy davrga - *7000007*61# ni SMS tarzida qisqa 10711 raqamiga yuboring
  • Oldingi davr uchun - *7000007*61*052018# ni SMS tarzida qisqa 10711 raqamiga yuboring.
  • Bunda, 7000007 - pensiya va nafaqa oluvchining pensiya guvohnomasidagi shaxsiy xisob raqami;
  • 61 - SMS tizimidagi kod;
  • 052018 – talab qilingan (o‘tgan) davr uchun SMS–ma’lumot. Ushbu davr SMS- so‘rov yuborilgan sanadan 3 oy mobaynida bo‘lishi zarur.

2.Pensiya yoki nafaqa tayinlangan sanani aniqlash uchun - *7000007*63# ni SMS tarzida qisqa 10711 raqamiga yuboring.

Ushbu tadbirlardan maqsad, pensionerlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va ularning farovonligini oshirishga qaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!