Pelosi Yerevanda ikki tomonlama munosabatlar va xavfsizlik sohasini muhokama qiladi

Pelosi Yerevanda ikki tomonlama munosabatlar va xavfsizlik sohasini muhokama qiladi

AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Yerevanga safari chog‘ida Armaniston rahbariyati bilan ikki tomonlama munosabatlar va xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qiladi.

“Tashrif davomida 17-19 sentyabr kunlari Vakillar palatasi spikeri Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Milliy assambleya raisi Alen Simonyan va boshqa yuqori martabali amaldorlar bilan uchrashib, arman-amerika munosabatlari va hozirgi xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi”, - deyiladi Amerika tomoni bayonotida.

Pelosi shuningdek matbuot anjumani o‘tkazish niyatida.

Avvalroq Politico gazetasi manbalarga tayanib, AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Armanistonga borib, bosh vazir bilan uchrashish rejalari haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!