Pekinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro reyslar yana bekor qilinishi mumkin

Pekinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro reyslar yana bekor qilinishi mumkin

Pekin rasmiylari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro reyslarni amalga oshirish qoidalarini o‘zgartirishi mumkin. Bunga Islomobod-Pekin reysi bilan uchib kelgan samolyotda birinchi simptomsiz koronavirus yuqtirish holati aniqlandi. 

Pekin hukumati rasmiy vakili Syuy Xeszyanning aytishicha, har qanday parvoz paytida beshta yo‘lovchiga koronavirus kasalligi tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, Pekinga keladigan bunday to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro reyslar vaqtincha to‘xtatiladi va keyin Xitoyning boshqa shaharlariga yo‘naltiriladi.

Juma kuni Pokistondan Pekinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro reys bilan uchib kelgan 23 yoshli yo‘lovchiga koronavirus tashxisi qo‘yildi. Ushbu shaxs bilan yaqin aloqada bo‘lgan 38 kishi izolyasiya qilingan va shifokorlar nazorati ostida.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy poytaxtiga xalqaro reyslar joriy yilning 3 sentyabr kuni 164 kunlik tanaffusdan so‘ng tiklangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!