Pekinda metrolar o‘z faoliyatini to‘xtatmoqda

Pekinda metrolar o‘z faoliyatini to‘xtatmoqda

Xitoy poytaxti Pekin shahrida 4 may, chorshanba kuni qirqqa yaqin metro bekati faoliyatini vaqtinchalikka to‘xtatgan. Bu haqda AP agentligi xabar tarqatmoqda.

Qayd etilishicha, bu umumiy stansiyalar sonining qariyb 10 foizini tashkil etadi. Bu qaror koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilingan.

Shaharda restoran va barlarga faqat olib ketishga ruxsat berilgan, sport inshootlari yopilgan, maktablar esa 29 apreldan beri yopiq.

Taqiqlangan shahar va hayvonot bog‘i kabi asosiy diqqatga sazovor joylar tashrif buyuruvchilarni qabul qilishni cheklab qo‘ydi va yopiq ko‘rgazmalar butunlay yopilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!