Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ilm tasdiqlagan 9 ta odatlari

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ilm tasdiqlagan 9 ta odatlari

Keling Nabiy sollallohu alayhi vasallamning zamonaviy ilm tasdiqlagan odatlari haqida suhbatlashamiz. 

Erta turish

Nabiy sollallohu alayhi vasallam har kuni erta yotar va saxarda azon bilan bomdod namoziga uyg‘onar edilar. Zamonaviy tadqiqotlar barvaqt turishlik,  eng yaxshi ruhiy xolatda bo‘lish, kunni samaralik davom etishi orasidagi bog‘liqlikni tasdiqladi.

Erta turish qiyin bo‘lib ko‘rinsa ham, boshlanishiga ozginadan, ya’ni 15 daqiqa erta turishlikka odatlansak, bu hayotimizni yaxshi tarafga o‘zgarishiga birinchi qadam qo‘ygan bo‘lamiz. Bunga bizning kuchimiz bemalol yetadi Inshaalloh.

Erta turish uchun nima qilish kerak?

Eng zarur ishlarinmizni saxarga rejalashtirsak, ya’ni ertaroq turib ularni bajarishga. Telefonimizni o‘chirib qo‘yganimiz ma’qul. Nima uchunligini o‘zingiz bilasiz. Budilnikni yotog‘imizdan uzoqroq joyga qo‘yamiz. Qqo‘lingiz yetmasligi uchun. Ko‘rpa ostida issiqqina bo‘lsa kerak, lekin xona harorati + 16-20 °C daraja bo‘lishi kerak.

Uyqudan oldin suv iching. Bu organizmni bo‘shashtirib, qayta tiklanishiga yordam beradi.

Qop-qorong‘u xonada uxlang. Uyqu gormoni melatonin qorong‘uda ishlab chiqariladi.

O‘zingiz uchun ajoyib nonushtani o‘ylab toping. U sari talpinish uchun.

Taomdagi me’yor

Nabiy sollallohu alayhi vasallam kasalliklarni oldini olish uchun taomda me’yorning muhimligini ta’kidlaganlar. Faqatgina bir necha asr o‘tganidan keyingina, buni butkul xaq ekanligini ilm fan isbotladi. Qiziq, yaponlarning «xaraxachibu» ya’ni “oshqozonni 80% ga to‘ldir” degan gapi Islomdaga “oshqozonning uchdan biri taom, uchdan biri suv va uchdan biri havo” shioriga o‘xshab ketar ekan.

Shoshilmay taomlanish

Oshqozonning to‘lganligi xabari miyaga bir necha daqiqada yetib borishi hozir xammamizga ma’lum bo‘ldi. Shoshilmasdan yeyishlik kam yeyishga sabab bo‘ladi, ovqat xazmini yaxshilaydi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aynan shunday qilganlar va boshqalarga ham shunday qilishni tavsiya qilganlar.

Jamoat bilan taomlanish

«Birga taomlaninglar, yakka xolda emas jamoatda baraka bor», — deganlar Nabiy sollallohu alayhi vasallam.

Birga taomlanish va taomdan rohatlanish asabiylikni kamaytirishi hozir isbotini topdi. Oilaviy va ishqiy munosabatlarni mustahkamlaydi va bolalarda sog‘lom ovqatlanish odatlarni shakllantiradi.

Suyuqlikni to‘g‘ri  ichish

«Tuyaning ichishiga o‘xshab bir martada ichmanglar. Ikki marta, uch martada ichinglar.....», — deb tavsiya berganlar Nabiy sollallohu alayhi vasallam.

O‘zlari xuddi shunday ichganlar. Zamonaviy olimlar “bittada ichish” bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin, bosh aylanishi, organizmning elektrolit muvozanatini buzishi mumkinligini isbotlashdi. Sekin xo‘plab ichish suyuqlikning to‘g‘ri so‘rilishiga, va undan eng katta foyda olinishini ta’minlaydi.

Anor

Anor Nabiy sollallohu alayhi vasallamning eng sevimli mevalaridan biri hisoblangan. Qur’onda ham bir necha bor zikr qilingan. Zamonaviy ilmiy izlanishlar, dunyodagi eng foydali mevalardan biri ekanligini isbotladi. Uning tarkibida metabolizm jarayonida suyaq to‘qimalarini shakllantiradigan marganes, to‘qimalarning normal holatda faoliyat olib borishida faol ishtirok etadigan va suyuqlikni muvozanatini saqlab turadigan kaliy ham bor. Anorda antioksinad hisoblangan  flavonoid va polifenol moddalari bor, ular yurak qon tomir kasalliklaridan himoya qiladi.

Anor nimasi bilan foydali:

Ovqat xazm bo‘lishi yaxshilaydi.

Yurak qon tomir kasalliklaridan saqlaydi.

O‘sma kaslliklari rivojini kamaytiradi.

Tishlarni mustahkamlaydi.

Kamqonlik belgilari kamaytiradi.

Muddatdan avval tug‘ishni oldini oladi.

Terini yoshartirib silliq qiladi.

Depressiyaga tushib qolishni oldini oladi.

Anorda ozuqaviy moddalar (bir kunlik 100 gram norma)

To‘qimalar 16%

Uglevod 6%

Kaloriya 4%

Oqsil 3%

Vitaminlar:

Vitamin K 21%

Vitamin S 17%

Foliy kislotasi tuzi 10%

Vitamin V6 4%

Minerallar:

Mis 8%

Kaliy 7%

Marganes 6%

Fosfor 4%

Ro‘za

So‘nggi izlanishlardan ma’lum bo‘lishicha, nafaqat nima yeyishimiz, balki qanday yeyishimiz ham ahamiyatga ega. Nabiy sollallohu alayhi vasallam Ramazonda ham undan tashqari ham doimo ro‘za tutib yurganlar. Har dushanba va payshanba kunlari, hamda oyning 13, 14 va 15 kunlari ro‘za tutish odatlari bo‘lgan.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam qilgan ishlar zamonaviy ilm tilida oraliqdagi ochlik deb nomlanadi va uning foydlari isbotlangan: u gormonlar miqdorini nazorat qilib turadi, qattiq zo‘riqishni oldini oladi, umumiy shamollashni bartaraf qiladi. Xulosa shuki, organizmni qancha kam taom bilan to‘ldirsak, xazm jarayoni bilan shuncha kam, ko‘proq o‘zini tuzatish bilan band bo‘ladi.

Xurmo

Xurmo – iftor uchun eng yaxshi taom. U qondagi shakar miqdorini va elektrolit muvozanatini boshqaradi, ovqat xazm qilish sistemasini asosiy taomdan oldin ishga tushiradi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayollarga tug‘ishdan oldin xurmo yeyishni tavsiya qilganlar. Xurmo tanadagi oksitosin ishlab chiqarishni kuchaytiradi va tug‘ishni tezlashtirishi ma’lum bo‘ldi.

Nima uchun xurmo salomatlik uchun shu darajada foydali:

Qorinda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘simtani oldini oladi.

Ichaklar peristaltikasini normallashtirishga yordam beradi, diareyani nazorat qiladi.

Suyaklarni mustahkamlaydi.

Kamqonlik bilan kurashadi.

Allergiya reaksiyalarini kamaytiradi.

Vazn meyorlashtiradi.

Quvvat bo‘ladi.

Nerv sistemasini mustahkamlaydi va jinsiy quvvatni oshiradi.

Insult xavfini kamaytiradi.

Shapko‘rlikni oldini oladi.

Ozuqaviy moddalar (bir kunlik 100 gram norma)

To‘mimalar 32%

Uglevodlar 25%

Kaloriya 14%

Oqsil 5%

Yog‘lar 1%

Vitaminlar:

Niasin 6%

Riboflavin 4%

Foliy kislotasi tuzi 5%

Vitamin V6 8%

Vitamin K 3%

Minerallar:

Mis 10%

Kaliy 19%

Marganes 13%

Magniy 11%

Temir 6%

Faol turmush tarzi

Islomning beshta farzidan uchtasi yaxshi jismoniy tayyorgarlik va mustahkam sog‘liqni talab qiladi. Namoz muskul va bo‘g‘imlarning harakatlaridan iborat jismoniy mashqlarning xilma xil majmuasi. Xaj va ro‘za mustahkam sog‘liqsiz amalga oshirish ancha qiyin bo‘lgan ibodatlar jumlasiga kiradi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishga har doim targ‘ib qilganlar va ota-onalarni farzandlariga suzishni, ot minishni va kamondan o‘q otishni ta’lim berishni tavsiya qilganlar.

Namozdagi holatlarning jismoniy foydalari:

Tik turish:

Beldagi og‘riqlarni 25% kamayishi.

Tizzalardagi og‘riqlarni  52% kamayishi.

Kaftdagi og‘riqlarni  32% kamayishi.

Oyoq barmoqlaridagi og‘riqlarning 22% kamayishi.

Ruku’ xolati:

Beldagi og‘riqlarni 18% kamayishi.

Toz bo‘g‘imlaridagi og‘riqlarni 31% kamayishi.

Tizzadagi og‘riqlarni 63% kamayishi.

Kaftdagi og‘riqlarni  32% kamayishi.

Oyoq barmoqlaridagi og‘riqlarning 22% kamayishi.

Sajda xolati:

Beldagi og‘riqlarni 24% kamayishi.

Kaftdagi og‘riqlarni  27% kamayishi.

Oyoq barmoqlaridagi og‘riqlarning 13% amayishi.

Tizzadagi og‘riqlarni 53% kamayishi.

Bilaklardagi og‘riqni 28% kamayishi.

Qa’da xolati:

Beldagi og‘riqlarni 37% kamayishi .

Oyoq barmoqlaridagi og‘riqlarning 17% kamayishi.

Tizzadagi og‘riqlarni 53% kamayishi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!