Parij meri Olimpiada oldidan Sena daryosida shaxsan suzishni rejalashtirmoqda

Parij meri Olimpiada oldidan Sena daryosida shaxsan suzishni rejalashtirmoqda

17 iyul kuni Parij meri Ann Idalgo Olimpiada o‘yinlari boshlanishiga to‘qqiz kun qolganida Sena daryosidagi suv sifatini shaxsan o‘zi tekshirmoqchi.

Le Figaro nashrining xabar berishicha, Ann Idalgoning tarixiy sho‘ng‘ishi 17 iyul, chorshanba kuni ertalab bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Parij meri sport federasiyalaridan birining lisenziyaga ega suzuvchilarini, jumladan, ochiq suvda suzishni taklif qiladi. Biroq hokimlik “suzish uchun ifloslanish chegarasi yana oshib ketsa, tadbir yana qoldirilishi mumkinligi” haqida ogohlantirdi.

Dastlab Parij meri 23 iyun kuni suzishni rejalashtirgan edi, biroq daryoning bakteriologik ifloslanishiga ta’sir etuvchi iyun oyining yomon ob-havosi, shuningdek, Milliy assambleyaga erta saylovlar ramziy lahzani Olimpiada ochilishigacha qoldirishga majbur qildi.

Sena daryosining tozaligi iyun oyining oxirida yaxshilanib, daryoda Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishidan to‘rt hafta oldin suzish standartlariga javob bergani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!