Pandemiya davrida vaqtincha ishlamay turgan 96 mingta korxona o‘z faoliyatini tikladi

Pandemiya davrida vaqtincha ishlamay turgan 96 mingta korxona o‘z faoliyatini tikladi

Videoselektorda ma’lumot berilishicha, mazkur yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida jami 4 trillion so‘m ajratish belgilangan. Lekin yil davomida qo‘shimcha mablag‘lar ham yo‘naltirilib, aholi va tadbirkorlarga jami 5,2 trillion so‘m imtiyozli kreditlar berilgan.

Yig‘ilishda ushbu mablag‘larning samaradorligi tahlil qilindi. Misol uchun, Shovot tumanida 26 milliard so‘m oilaviy kredit ajratilib, bir yarim mingta ish joyi yaratilgan. Ya’ni, 1 milliard so‘m kreditga 56 ta yangi ish o‘rni to‘g‘ri kelgan.

Bu ko‘rsatkich Qo‘shrabotda 57 ta, Muzrabotda 49 tani tashkil etgan.

Pandemiya davrida vaqtincha ishlamay turgan 96 mingta korxona o‘z faoliyatini tiklagani qayd etilib, qolgan biznes sub’ektlariga ham bu borada ko‘maklashish muhimligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, hududlarda tadbirkorlarni yer masalasi ko‘p qiynayotgani, bu borada ko‘plab murojaatlar bo‘layotgani ham ko‘rsatib o‘tildi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!