Ozarboyjon Yevropaga gaz eksportini 40 foizga oshiradi

Ozarboyjon Yevropaga gaz eksportini 40 foizga oshiradi

2022 yilda Ozarboyjondan Yevropaga 11,5 mlrd kub metr gaz yetkazib beriladi, bu 2021 yildagiga nisbatan 40 foizga ko‘pdir, dedi Ozarboyjon energetika vaziri Parviz Shohbozov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki yilda Ozarboyjondan Yevropaga 16 mlrd kub metrdan ortiq gaz yetkazib berildi.

«2022 yilda Ozarboyjondan gaz yetkazib berish 40 foizga - 8,2 mlrd kub metrdan 11,5 mlrd kub metrga oshiriladi», - dedi u.

Ozarboyjondan TAR gaz quvuri orqali Italiya, Gresiya va Bolgariyaga gaz yetkazib berish 2020 yil 31 dekabrda boshlangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!