Ozarbayjonda buster doza bilan emlanganlarga muddatsiz sertifikat beriladi
Ozarbayjonda koronavirusga qarshi vaksinaning buster dozasi bilan qayta emlangan shaxslarga muddatsiz emlanganlik guvohnomasi beriladi, deya xabar berilgan Ozarbayjon Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Majburiy tibbiy sug‘urta davlat agentligi va hududiy tibbiyot birliklarini boshqarish uyushmasi qo‘shma bayonotida.
Hujjatga ko‘ra, immunizasiya COVID-19 virusining yangi va tez tarqaladigan shtammlari asoratlari oldini olishning eng samarali usuli hisoblanadi.
«Hozirda mamlakatda «Ozarbayjon Respublikasida 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan COVID-19 ga qarshi emlash strategiyasi»ga muvofiq emlash jarayoni o‘tkazilmoqda. Aholining emlashda faol ishtirok etishi natijasida mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligicha qolmoqda», — deyiladi hujjatda.
Bayonotda, shuningdek, COVID-19 vaksinasining ikki dozasi bilan immunizasiya qilinganidan keyin 5 oy o‘tgach, organizmga qarab, ushbu virusga chidamlilik pasayishi mumkin. Shu munosabat bilan organizmning koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetini qaytadan oshirish uchun «buster doza»ni joriy etish tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 15 fevraldan boshlab Ozarbayjondagi sport va dam olish maskanlari, to‘y-hashamlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, mehmonxonalar va yirik savdo ob’ektlariga faqat amaldagi covid-pasport bilan tashrif buyurish mumkin bo‘ladi. Ya’ni, 6 oydan ko‘proq vaqt oldin ikkinchi marta emlangan shaxslarning COVID-pasporti o‘sha kundan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Shuningdek, Ozarbayjonda COVID-19 kasalligiga chalinganlar 7 kundan keyin «immunitet sertifikati» olishlari mumkin. Ushbu hujjatdan foydalanish muddati 6 oyni tashkil etadi, shundan so‘ng sertifikatning amal qilish muddati vaksinaning 1 dozasini olgandan keyin noma’lum muddatga uzaytiriladi.
