Ozarbayjon prezidenti ulkan loyiha haqida ma’lum qildi

Ozarbayjon prezidenti ulkan loyiha haqida ma’lum qildi

Rossiyaga tashrif bilan kelgan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tranzit va transport infratuzilmasi sohasida ulkan loyihani amalga oshirish rejalashtirilayotganini aytdi.

«Shimol-Janub transport koridoriga kelsak, bugun biz Vladimir Vladimirovich bilan bu masalani yana bir bor batafsil muhokama qildik. Hukumat a’zolariga tegishli topshiriqlar berildi. Ishonchim komilki, yaqin orada barcha masalalar kelishib olinadi va biz yana bir ulkan loyihani amalga oshirishni boshlaymiz», — dedi u.

Ilhom Aliyev Ozarbayjon hududida mamlakatni Rossiya va Eron bilan bog‘lovchi temir yo‘l borligini, biroq Hind okeani portlariga tez va qulay tashishni ta’minlash uchun yangi uchastkalarni qurish zarurligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!