Mazkur savol yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi NazokatAbduqunduzova quyidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.
– Amaldagi tartibga ko‘ra, abituriyent OTMga hujjat topshirayotganda 5 tagacha mutaxassislik fanlariga mos ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyatiga ega. Ayni damda hujjat topshirilganidan so‘ng to‘lov qilgan abituriyent qabul tugashi – 20 iyul kuni soat 23:59 gacha tahrirlashi mumkin bo‘ladi. Undan so‘ng yo‘nalishini o‘zgartirishiga ruxsat etilmaydi. Abituriyentlarni imtihonga kirish ruxsatnomasi onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari tugagandan so‘ng shakllantiriladi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 3 iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovasiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasi bo‘yicha to‘plagan ballidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi. Mazkur hujjatga asosan, abituriyentlarga to‘plagan ballariga qarab, turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha tanlovni amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.