“Ota-onam men bilan gaplashmaydi…” Bloger Maryam Tillayeva shaxsiy hayoti haqida intervyu berdi

A A A
“Ota-onam men bilan gaplashmaydi…” Bloger Maryam Tillayeva shaxsiy hayoti haqida intervyu berdi

Bloger Maryam Tillayeva Uznews’ga bergan intervyusida bolalik xotiralari, bugungi kundagi faoliyati, ota-onasi bilan murakkab aloqalari haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, “xalqning puli qayerda?” degan savolga ham javob berdi.

Amiran Sardarov bilan nikoh haqida

Bizning nikoh marosimimiz Las Vegasdagi ibodatxonalardan birida bo‘lib o‘tgan va bu aslida shunchaki hazil bo‘lgan. O‘sha mashhur yarim yalang‘och suratim e’lon qilingach, uni kechira olmadim. Keyinchalik Amiranning ikki kunlab g‘oyib bo‘lishi, fohishalar, giyohvand moddalarga berilishi kabilarga guvoh bo‘ldim. Ma’lum muddat bularga chidab yashadim. Ammo jismoniy zo‘ravonlikka yetib borgach, ortiq uning oldida qolishga sabab topa olmadim. Endilikda o‘zimni tiklab olgan men qayerda-yu, u qayerda.

Blogerlikka ilk qadam

O‘zbekistonga buvimni ziyorat qilish uchun bir oyga kelganimda Rossiyada trend bo‘lgan “er izlayapman” mavzusidagi kontentni takrorlab ko‘rdim. Bu trendni nega odamlar bunchalik og‘ir qabul qilishdi, hanuz tushunmayman. Ehtimol, ular chin dildan mening baxtli bo‘lishimni istagandir, ammo mening videoroligim ostiga “Tavba, ajabo, qanday qilib bunday ish qilish mumkin, sharmanda!”, degan izohlar yog‘ildi. Shundan so‘ng menga reklama takliflari kela boshladi va blog orqali daromad topish mumkinligini o‘ylab ko‘rdim.

Xalqning pullari qayerda?

Men o‘z pulimni o‘zim topaman, ota-onamning pullaridan foydalanmayman. Faqatgina do‘stlarim bilan hordiq chiqarganim va sayohat qilganim haqidagi suratlarni ijtimoiy sahifamga joylayman xolos. Xalqdan o‘g‘irlangan pullarga yashayotganimiz haqidagi gap-so‘zlar men va oilamga yopishtirilgan bir tamg‘a.

Hozirda Maryam Tillayeva nimalar bilan band?

Bugungi kunda men aktyorlik mahoratini o‘rganyapman, Moskva shahrida tahsil olyapman va shu bilan birga ayrim loyihalarda suratga tushyapman. Shuningdek, podkastlarim ustida ham ishlayapman.

“Masha Teletok”da o‘zbek shou-biznes olamidagi mashhurlar bilan suhbatlashaman. Yaqinda Munisa Rizayeva mehmonim bo‘ldi, u shaxsiy hayoti haqida ochiq so‘zlab berdi. Timur Alixonov esa haj safari, rafiqasi Farida bilan bo‘lgan munosabatlari haqida aytib berdi.

Bolalikdagi kamsitish, diniy ajratish va irqchilik

Onam YUNESKOda elchi bo‘lib ishlagani sababli turli mamlakatlarda, jumladan, Fransiya, Latviya, Shveysariyada yashaganmiz. Ayniqsa, Shveysariyada o‘qiganimda musulmonlarga va qoramag‘iz odamlarga nisbatan kuchli nafrat bor edi. Meni maymun deb atashar, ustimdan kulishar edi. Bolaligimdan oilamning qilgan ishlari va qarorlariga javobgar emasligimga qaramay, doim o‘zimni oqlashga majbur bo‘lganman.

Bolaligimdanoq meni juda qattiq tanqid qilishdi. Hattoki, meni hojatxonalarga qamab qo‘yishgan, qattiq urishgan holatlar ham bo‘lgan. Tasavvur qiling, menga o‘xshagan qizni ham urishgan! Ba’zi paytlarda hayotimga chek qo‘yish istagi ham bo‘lar edi. Bu o‘y-xayollarimni ota-onamga ayta olmaganman, chunki ular o‘z hayotlari, ishlari bilan band bo‘lishgan. Yosh qiz uchun bu juda-juda og‘ir edi. Ammo men bularni boshdan kechirib bo‘ldim va endilikda tanqidga juda xotirjam munosabatda bo‘la olaman. Chunki bunday tanqidlar mening kim ekanligim haqida emas, balki ularning qanday ekanini aks ettiradi, deb o‘ylayman. Ehtimol, ular menga qarab o‘zlaridagi nimanidir ko‘rishadi va bu narsa ularni g‘azablantiradi.

“Hayotim menga emas, boshqalarga tegishli edi”

Bolaligim yorqin, lekin murakkab bo‘lgan. Men ko‘p narsaning guvohi bo‘ldim: odamlarning qanday qilib bir-birini sotishga tayyorligini, eng yaqinlar kezi kelganda o‘zgarib qolishini ham ko‘rdim. Menda bolalikning o‘zi yo‘q edi, hayotim menga emas, boshqalarga tegishli edi.

Doim qo‘riqchilar bilan yurar edim, shaharni ham deyarli bilmasdim. Harakatim chegaralangan, atrofimda faqat kattalar bo‘lgan. Do‘stlarim yo‘q edi, chunki doim barchaga shubha bilan qarashga o‘rgatilgan edim. 18 yoshga yetganimda insoniy aloqalarni o‘rnatishga, chuqur munosabatlar qurishga intildim. Endi esa 26 yoshimda va nihoyat mustaqilman: o‘zim uchun yashayman, o‘zim pul ishlab topaman. Uzoq kutilgan ozodlik hissi men uchun eng bebaho boylikdir.

Islom Karimov bobo sifatida

U dunyodagi eng ajoyib bobo edi. Chet elga ko‘chib ketgunimizcha, men uning prezident ekanini ham bilmasdim. Hamma bobolar ertalab soat 8:00 da ishga kostyumda ketadi, deb o‘ylardim. U juda oddiy, quvnoq, dono inson edi. Men bilan katta odamdek gaplashar, ko‘p narsani o‘rgatar edi. Bir kuni bobom suratga qanday tushishni o‘rgatgan, u: “Bir oyog‘ingni oldinga, boshqasini orqaga qo‘y”, degani yodimda. U ayol kishi uchun kitob o‘qish, she’riyat, raqs, ayollarga xos nazokat muhimligini uqtirar edi. U menga otalik qilgan deya olaman, chunki bobom barcha oila a’zolarimizni birlashtirib turgan ustun edi. Endi u yo‘q, oilamiz ham ayro. Men uchun bobom hech kim tenglasha olmaydigan, mukammal inson edi.

“Hech kimga bunday oila va hayotni tilamayman!”

Mening oilam boshqalarnikiga o‘xshamaydi va hech kimga bunday hayotni tilamayman. Birgina buvim — mening eng yaqin do‘stim. Uni “oyi” deb ham atayman, chunki bolaligimdan u menga ona o‘rnida qaragan, mehr bergan. U mening barcha do‘stlarimni taniydi, hayotimdagi eng og‘ir lahzalarda doimo yonimda bo‘lgan. Uni juda qadrlayman.

“Ota-onam men bilan gaplashmaydi…”

Xolam, buvim, amakivachchalarim bilan doim aloqadamiz. Ammo onam va otam bilan gaplashmayman. Onam bilan bolaligimdan kelishmovchiliklarimiz bo‘lgan, hozir ham ichimda alam bor. U ham mendan ranjigan. Hozirgi paytda onamga tegishli bo‘lgan go‘zallik salonlari, restoranlarga kirishim taqiqlangan. Onam bilan bir joyda o‘tirib, gaplashib olishni xohlayman, undan ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rgan suratlar uchun kechirim so‘rashni istayman. Ammo hozircha oramizda faqat sukunat bor. Mana shu ichki alam nafratga, nafrat esa menga ko‘proq ishlashga motivasiya beradi. Afsuski, shunday ona o‘z qiziga ko‘mak berish o‘rniga, u bilan raqobat qilmoqda.

Meni faqat buvim doimo va beminnat qo‘llab-quvvatlagan. Bolaligimda o‘zimni yolg‘iz his qilganimda ham, Amiran bilan bo‘lgan ziddiyatlarda ham, umuman, har ishda meni tanqid qilish o‘rniga tushunishga harakat qilganlar. Buvim bilan onamning munosabatlari ham avvaldan yaxshi bo‘lmagan. Umuman olganda, oilamizda juda ko‘plab psixologik muammolar bo‘lgan.

Shaxsiy hayotdan yangiliklar

Hozir bir inson bilan yaqin munosabatdaman, men bunday xarakterli insonni tanlayman deb hech ham o‘ylamagan edim, chunki o‘zimni amerikaliklarga xos tafakkurga ega, deb hisoblayman. O‘zbek yigitlari bilan mentalitet sababli chiqisha olmayman. Ammo bugun yonimda turgan inson bilan dunyoqarashimiz bir xil. Hozircha biz hech qayerga shoshmayapmiz, birga ohista qadam tashlamoqdamiz. Tilagim, sizni biror maqsaddan to‘xtatishga urinsalar ham, aslo taslim bo‘lmang, chunki marraga yetishishda juda ko‘p to‘siqlarga duch kelasiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Munisa Rizayeva to‘y xizmatlari narxini oshkor qildi: Poytaxt va viloyatlar o‘rtasidagi farq qancha?

Таниқли хонанда Муниса Ризаева "ИнтервюТв" лойиҳасига берган интервьюсида тўй хизматлари учун белгиланган нархларни ошкор қилди.

O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini uchun chiptalar sotuvi rekord darajaga chiqdi

Эълон қилинган расмий маълумотларга кўра, Ўзбекистон — Колумбия ўйини учун ҳозирги соатгача роппа-роса 74 725 та чипта сотиб бўлинган.

So‘nggi 140 yildagi eng kuchli El-Nino hodisasi yaqinlashmoqda. Bu butun dunyodagi ob-havoga ta’sir qilishi mumkin

Маълумот учун, Эл-Нино — ҳар икки йилдан етти йилгача бўлган даврда такрорланиб турадиган иқлим ҳодисасидир.

AQShda ham to‘y qilayotganlar aqldan ozmoqda

Бу ҳақда New York Post нашри хабар беради.

Timmi ismli kit bioyoqilg‘iga aylanadi

Бу ҳақда Die Zeit нашри хабар берди.

Jaloliddin Masharipov terma jamoa qaydnomasidan chiqarilmoqda

Жалолиддин Машарипов Ўзбекистон миллий терма жамоаси қайдномасидан чиқарилгани хабар қилинмоқда. Унинг ўрнига Русланбек Жиянов 26 нафар футболчидан иборат якуний рўйхатга киритилиши кутилмоқда.

KXDR AQShning yadroviy quroldan voz kechish chaqirig‘iga javob berdi

Бу ҳақда Шимолий Корея Ташқи ишлар вазирлиги эълон қилди.

Qatar Eronga 12 milliard dollar taklif qildi

Қатар Эроннинг музлатилган активлари атрофидаги баҳсни ҳал этиш бўйича музокаралар доирасида Теҳронга 12 миллиард долларлик молиявий кўмак пакетини таклиф қилди.

Qatar davlat investisiya jamg‘armasi Shveysariyaga gol urgan futbolchiga juda katta mukofot to‘laydi

Қатар давлат инвестиция жамғармаси Ҳуҳига ЖЧдаги голи учун 3 миллион доллар ва ярим миллиондан қимматроқ Rolls-Royce Phantom совға қилади

Jasjan Rossiyada qo‘lga olindi: bloger kechirim so‘radi

У метро йўловчиларини турли провокацион ҳаракатлар орқали жанжалга ундаб, уларнинг реакцияларини видеога олган ва кейинчалик ушбу лавҳаларни ижтимоий тармоқларда тарқатиб келган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Javohir Sindarov jahon reytingida ko‘tarildi

Ўзбекистонлик гроссмейстер Жавоҳир Синдаров классик шахмат бўйича жаҳон рейтингида тўртинчи поғонага кўтарилди.

"Putin o‘z ismini tarixdagi eng dahshatli vahshiylar ro‘yxatiga abadiy yozib qo‘ydi"

Украина ТИВ раҳбари Россиянинг Киево-Печерск лаврасига берган зарбасини ваҳшийлик деб атади

Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Ушбу мансабдор шахс 2011 йилда ҳам фирибгарлик, ҳокимият ёки мансаб ваколатини суиистеъмол қилиш, мансаб сохтакорлиги ва пора олиш каби жиноятлар билан судлангани маълум бўлди.

Agar Rossiya NATO a’zosiga hujum qilsa, Kaliningrad va Sankt-Peterburgga aviazarbalar beriladi

​Германия ҲҲK раҳбари агар Россия NATO аъзоси бўлган бирор мамлакатга ҳужум қилса, Калининградга ҳаводан зарба бериш билан таҳдид қилди.

Ohangaronda IIB xodimlariga pichoq bilan hujum qilindi

Ҳодиса оқибатида камида икки нафар ходим тан жароҳати олиб, шифохонага ётқизилгани айтилмоқда.

Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi

Дастлабки маълумотларга кўра, автомобил оила аъзоларининг рухсатисиз олиб чиқилган.

Turkiyada “O‘zbekiston mahallasi” va Shavkat Mirziyoyev bulvari ochildi

Шунингдек, Ҳатай вилоятида Тошкент ва Самарқанд кўчаларининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди.

Buyuk Britaniya bosh vaziriga tegishli mulklarga o‘t qo‘yishda ikki nafar Ukrainada tug‘ilgan erkak aybdor deb topildi

Лондондаги Олд Бейли суди ҳайъати Буюк Британия бош вазири Кейр Стармер билан боғлиқ уйлар ва автомашинага ўт қўйиш бўйича ишда икки нафар айбланувчини айбдор деб топди.

Barcha Jahon urushlarini Yevropa boshlagan — Lavrov

Россия ташқи ишлар вазирининг бошқа баёнотлари:

Samarqandda uch yoshli bola bog‘chadagi suv havzasiga tushib ketib, vafot etdi

“Ҳозирда мазкур ҳолат бўйича туман прокуратураси томонидан терговга қадар суруштирув ишлари олиб борилмоқда”, дейилади хабарда.

AQShning Kanzas-Siti yaqinida parashyutchilar bo‘lgan samolyot halokatga uchradi

Қутқарув хизматлари самолётдан сакраб қолишга улгурган парашютчиларни топиш умидида ҳалокат жойи атрофини кўздан кечирди, бироқ омон қолганларни топа олмади

Rossiya Ukrainadagi urushga davlat byudjetining yarmini sarflay boshladi – nemis iqtisodchisi taxlili

Берлиндаги Фан ва сиёсат жамғармаси (SWP) эксперти Янис Клюге 2026 йилнинг январ-март ойлари якунлари бўйича шундай баҳо берди. Унинг маълумотларига кўра, ушбу даврда Россиянинг ҳарбий харажатлари янги максимал даражага — 5,9 триллион рублга етган.

Isroil: Eron masalasida AQShdan mustaqil harakat qilamiz

Исроил мудофаа вазири мамлакат Эрон билан боғлиқ хавфсизлик масалаларида АҚШдан мустақил қарор қабул қилишда давом этишини билдирди.

Qashqadaryoda o‘zini prokuror deb tanishtirgan firibgar ushlandi

Қашқадарё вилоятида бир шахс ўзини прокурор сифатида таништириб, фуқародан пул талаб қилган.

AQSh va Janubiy Koreyaga noqonuniy yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Терговга қадар текширув давомида, у муқаддам 1999 й.т. бошқа бир фуқарони ҳам Жанубий Кореяга ишга юборишни ваъда қилиб, пул олганлиги маълум бўлди.

Eron terma jamoasining mashg‘ulot bazasi yaqinidan jasad topildi

Марҳумнинг шахси ҳозирча сир сақланмоқда.

Yakkasaroydagi ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга асосан қутқарув бўлинмалари соат 10:23 да воқеа жойига етиб борган ва ҳозирда ёнғинни ўчириш ишларини амалга оширмоқда.

Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik takomillashtirildi

Қонун (ЎРҚ–1151-сон, 11.06.2026 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди.

Kit Kellog Isroilning yadroviy quroli borligini “ochiqlab qo‘ydi”

Fox News хабар беришича, АҚШ президентининг Украина бўйича собиқ махсус вакили Кит Келлог Исроилда ядровий қурол мавжудлиги ҳақида жамоатчиликда янги муҳокамаларга сабаб бўладиган баёнот берган.

Turkiyaning vaqt sekinlashadigan qishloqlari haqida bilasizmi?

Сўнгги йилларда секин саёҳат (clow travel) замонавий туризмнинг муҳим йўналишларидан бирига айланди. Сайёҳлар тобора сокин, мазмунли ва мақсадли саёҳатни афзал кўрмоқда.

Surxondaryoda uch nafar o‘smir daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi

Сурхондарё вилоятининг Жарқўрғон туманида дарёга чўмилиш учун тушган беш нафар йигитдан уч нафари кучли оқим қурбони бўлди.

Tailand sudi ikki erkakni o‘lim jazosiga hukm qildi

Ҳужум оқибатида 20 киши ҳалок бўлган, 120 дан ортиқ инсон жароҳатланган эди.

Professor Hasan Hasanovning “Vengerlar va ozarbayjonlarning umumiy etnik ildizlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2026 йил 10 июнь куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси бош қароргоҳида ташкилотнинг “Туркий дунё дипломатияси дурдоналари” китоблар туркуми доирасида нашр этилган янги асар — таниқли жамоат, давлат ва сиёсат арбоби, Туркий Давлатлар Ташкилоти Оқсоқоллар Кенгаши аъзоси, тарих фанлари доктори, профессор Ҳасан Ҳасановнинг “Венгерлар ва озарбайжонларнинг умумий этник илдизлари” номли китоби тақдимоти бўлиб ўтди.

Tramp Eronga qarshi yangi kuchli zarbalar bilan tahdid qildi

Дональд Трамп АҚШ яқин соатларда Эронга қарши яна бир қатор “жуда кучли зарбалар” бериши мумкинлигини маълум қилди.

Surxondaryoda poyezdda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan chipta sotuvchisi 5 sutkaga qamaldi

Жабрланувчининг кўрсатмасига кўра, у манзилга яқинлашганда чипта сотувчиси унинг орқасидан келиб қучоқлаган.