▶️ Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda dehqon bozorlarining mansabdor shaxslari auksion orqali sotilishi kerak bo‘lgan savdo nuqtalarini shaxsiy moddiy manfaatdorlik evaziga, fuqarolarga noqonuniy ravishda sotish bilan shug‘ullanib kelayotganlik holatlari aniqlandi.
1️⃣ Jumladan, Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi dehqon bozori raisi va nazoratchisi o‘zaro til biriktirib, bozor hududida yangi qurilgan, 110 m2 maydondagi savdo do‘konini tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga, undan 80 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 30 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
⚖️ Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
2️⃣Boshqa holatda esa Buxoro shahridagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji sotiladigan bozor rahbari va ish yurituvchisi o‘zaro til biriktirib, bozor hududida yengil konstruksiyali savdo do‘koni qurib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun 120 m2 yer maydoni ajratib berish evaziga fuqarodan 11 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
⚖️ Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.
АҚШ Президенти Дональд Трамп Россия етакчиси Владимир Путин билан бўлиб ўтган суҳбат якунларига кўра, Украина ҳарбий жиҳатдан мағлубиятга учраганини маълум қилди.
Қирғизистон Миллий хавфсизлик давлат қўмитасининг собиқ раиси Қамчибек Ташиев давлат тўнтаришига уриниш бўйича жиноий ишда фигурантга айланганини билдирди.
Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.