Ayollar va bolalarni har qanday tazyiqdan himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi
So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar mamlakat taraqqiyotining barcha yo‘nalishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, xalqimizning turmush sifati va farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ayniqsa, inson manfaatlari ustuvorligi, fuqarolarning kafolatlangan huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilganishlar jamiyatning har bir qatlami hayotida sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.
Bugungi kunda xotin-qizlar hamda voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilayotgan turli xil zo‘ravonlik holatlariga qat’iy jazo choralarini belgilash bilan bir qatorda bunday salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan islohatlar amalga oshirilmoqda. Har qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonlikni inkor etadigan, unga toqat qila olmaydigan muhit yaratish bugungi kunning dolzalb masalasi xisoblanadi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi jamiyatimizning mehvari hisoblangan xotin-qizlar hamda bolalar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yish borasida yanada mustahkam huquqiy poydevor yaratilishiga xizmat qiladi.
O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida BMTning bir qator muhim hujjatlariga, jumladan, “Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi Konvensiya (CEDAW) va “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyaga qo‘shilgan.
Davlatimiz rahbarining Farmoni mazkur xalqaro hujjatlarda belgilangan “gender tenglik”va “inson sha’nini himoya qilish” tamoyillarini milliy qonunchiligimizda yanada mustahkamladi.
Endilikda davlat idoralari faqat qonunbuzilish holatlariga munosabat bildirish bilan cheklanmasdan, balki ularning kelib chiqish sabablarini tizimli tahlil qilish va profilaktika choralarini ko‘rishga ham mas’ul bo‘ladi.
Shuningdek, Farmonda ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish tizimini takomillashtirish orqali, bunday holatga uchragan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish, zo‘ravonlik holatlarini ko‘rib chiqishda jabrlanuvchining qayta jabrlanishi (revictimization)ga yo‘l qo‘ymaslik kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.
Inson sha’ni, qadri va erkinligini ta’minlashda xalqaro standartlarga mos huquqiy mexanizmlarning joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida mustahkamlab qo‘yilgan, har bir fuqaro uchun munosib hayot kechirish huquqining kafolatini yaratib beradi.
Zafar Amirov,
Faxriddin Madiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlovakademiyasi
